Argentina prezidenti Ilon Maskka zarhal zanjirli arra sovg‘a qildi
Mask buni «byurokratiya uchun arra» deb atadi.

Foto: AP
Argentina prezidenti Xaver Miley AQSh Merilend shtatidagi Konservativ siyosiy harakatlar konferensiyasida (CPAC) Ilon Maskka oltin bilan qoplangan zanjirli arra sovg‘a qildi. Mask buni «byurokratiya uchun arra» deb atadi.
Zanjirli arra tig‘iga «Viva la libertad, carajo» shiori o‘yib yozilgan bo‘lib, bu so‘zma-so‘z «Yashasin ozodlik, la’nati!» degan ma’noni anglatadi. Argentina prezidenti bu iborani 2021 yilgi parlament saylovlari va 2023 yilgi prezidentlik saylovida shior sifatida ishlatgan.
Argentina prezidentining idorasida aytilishicha, zanjirli arra Mileyning kabinetida osilgan arraning aynan nusxasi. Uning o‘zi saylovoldi tashviqoti paytida mitinglarga zanjirli arra olib borib, hukumat apparatiga sarflanadigan xarajatlarni kamaytirmoqchi ekanini namoyish etdi.
Hozir Ilon Mask boshchiligidagi Hukumat samaradorligi departamenti (DOGE) «hukumat byurokratiyasini demontaj qilish» bilan shug‘ullanmoqda. Aslida, bu turli federal agentliklar uchun moliyalashtirish va xodimlarni qisqartirishni anglatadi.
Mavzuga oid

12:50
OAV: AQSh Eronga hujum qilish tahdidi tufayli Isroil bilan harbiy hamkorlikni muzlatdi

12:25
AQSh maxsus elchisi NATOning sharqqa kengayishi to‘xtashini istisno etmadi

09:34
Amerikalik professor: «Falastin masalasi - insoniyatning umidi»

08:59