Ikki hududda valuta savdosi bilan shug‘ullanib kelganlar ushlandi
Qashqadaryo va Buxoro viloyatlarida valuta qimmatliklari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi.

Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti
Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma’lum qilishicha, Dehqonobod tumaniga fuqaro E.S. fuqaro B.T.ga 3,7 ming dollarni 48,1 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlangan.
Shuningdek, Jondor tumanida fuqaro B.B. fuqaro U.Q.ga 3,4 ming dollarni 45 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlangan.
Bundan tashqari, Buxoro shahrining “Karvon bozori” savdo markazida fuqaro D.A. fuqaro G.B.dan 3,3 ming dollarni 42,5 so‘mga sotib olgan vaqtida ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid

21:06 / 19.04.2025
Rublning mustahkamlanishi Kremlning zarariga ishlashi mumkin. Qanday qilib?

09:20 / 18.04.2025
Tramp YeI bilan savdo kelishuviga erishishiga «100 foiz» ishonch bildirdi

14:45 / 09.04.2025
AQShda O‘zbekiston shourumi va savdo ombori tashkil etildi

14:15 / 07.04.2025