Putin FXXga rossiyaliklar orasida josuslarni faolroq qidirishni buyurdi
Rossiya prezidenti «maxsus harbiy operatsiya davomida xorijiy razvedka xizmatlari faolligi oshganini» ta’kidladi.

Foto: Getty images
Federal xavfsizlik xizmati (FXX) kontrrazvedka faoliyatini «jiddiy ravishda kuchaytirishi» kerak, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin 27 fevral kuni FXX hay’ati yig‘ilishida.
«Doimiy hisobotlar va xabarnomalar maxsus harbiy operatsiya davomida xorijiy razvedka xizmatlari faolligi oshgani, ularning texnik jihozlanishi darajasi yaxshilanganini ko‘rsatmoqda», deb Putin so‘zlaridan iqtibos keltirdi The Moscow Times.
«Davlat va harbiy boshqaruv, yangi qurollar va boshqa sohalardagi ilg‘or texnologiyalarni yaratish bilan bog‘liq harbiy va strategik ma’lumotlarning kontrrazvedka tomonidan himoya qilinishini jiddiy kuchaytirish zarur», deb qo‘shimcha qildi u.
«Pervyy otdel» nashri ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyada «josuslar izidan quvish» SSSR davridan beri rekord darajaga yetgan. 2022-24 yillarda «Davlatga xiyonat», «Xorijiy davlat, xalqaro yoki xorijiy tashkilot bilan maxfiy asosda hamkorlik qilish» va «Josuslik» moddalari bo‘yicha jinoiy ishlarda 792 nafar shaxs ayblanuvchi bo‘lgan, bu avvalgi 25 yildagidan to‘rt baravar ko‘p.
Mavzuga oid

23:40
Tramp Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi muzokaralar bo‘yicha yangi bayonot berdi

21:34
Rossiya may oyida Ukrainada deyarli rekord darajada ko‘p hududni egalladi – WSJ

17:51
«O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasidan so‘ng Rossiya bombardimonchi samolyotlarini Uzoq Sharqqa ko‘chirdi

15:00