Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp husiylar tufayli Eronga «dahshatli oqibatlar» bilan tahdid qildi
Amerika prezidentining ta’kidlashicha, Eron «husiylarning har bir qadamini nazorat qilyapti, qurol-yarog‘, moliya, yuqori texnologiyali harbiy jihozlar va hatto razvedka ma’lumotlari bilan ta’minlamoqda».

Foto: Getty images
AQSh prezidenti Donald Tramp, Yaman husiylarining har qanday keyingi hujumi keskin javob zarbalariga olib kelishini va «bu bilan cheklanib qolinishiga kafolat yo‘qligini» aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, yamanlik jangarilar bilan yaqin aloqada bo‘lgan Eron husiylarning xatti-harakatlari uchun javobgar bo‘ladi.
«Bundan buyon husiylar tomonidan otilgan har bir o‘q Eron qurollari va rahbariyati tomonidan otilgan o‘q deb hisoblanadi va Eron javobgarlikka tortiladi va oqibatlarga tortiladi va bu oqibatlar dahshatli bo‘ladi!», deb yozdi Donald Tramp Truth ijtimoiy tarmog‘ida.
Amerika prezidentining ta’kidlashicha, Eron «husiylarning har bir qadamini nazorat qilyapti, qurol-yarog‘, moliya, yuqori texnologiyali harbiy jihozlar va hatto razvedka ma’lumotlari bilan ta’minlamoqda».
15 mart kuni Donald Tramp Yamandagi husiylarga qarshi «qat’iy va kuchli harbiy harakatlarni boshlashni» buyurdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, havo hujumlaridan maqsad 2023 yil kuzidan beri husiylar kemalarga hujum qilib kelayotgan Qizil dengiz va Adan ko‘rfazida xavfsiz navigatsiyani tiklashdir. AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Mayk Uols Pentagon husiylarga yordam berayotgan Eron kemalari va eronlik harbiy instruktorlarga ham zarba berishi mumkinligini aytdi.
Mavzuga oid

00:48
Tramp Yevroittifoq bilan savdo bitimi tuzilganini e’lon qildi

21:49 / 27.07.2025
AQSh Xitoy bilan savdo bitimi tuzishga juda yaqin - Tramp

20:11 / 27.07.2025
NYT: Pentagon Trampning samolyotini qayta jihozlash uchun 934 mln dollar yo‘naltirdi

18:30 / 27.07.2025