Yuqori reytingdagi fermerlarga yer solig‘i 3 barobar kamaytirilishi mumkin
O‘zbekistonda yuqori reytingli fermerlarga yer solig‘i 3 barobar, fermerlar kengashiga to‘lanadigan badal 2 karra kamayishi kutilmoqda.
O‘zbekistonda endi yuqori reytingdagi fermerlarga yer solig‘i 3 barobar, fermerlar kengashiga to‘lanadigan badal 2 karra kamaytiriladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev 17 mart kuni ichimlik suvi va issiqlik ta’minoti, mahallalar obodligi va qishloq xo‘jaligi bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha videoselektor yig‘ilishida ma’lum qildi.

Hozirda 93 mingdan ziyod fermerlar faoliyati tadbirkorlik reytingi orqali baholanyapti. Endi bu reyting hosildorlik, ishchi soni, mahsulot hajmi kabi mezonlar bo‘yicha alohida bo‘lishi ma’lum qilindi.
Yuqori reytingdagi fermerlarga kreditni qaytmaslik xavfini sug‘urtalash talabi bekor bo‘ladi. Yer solig‘i 3 barobar, fermerlar kengashiga to‘lanadigan badal 2 karra kamaytiriladi. Paxta va g‘allada me’yordan ko‘p hosil olganlarga 25 foizgacha yerida chorva ozuqasi, sabzavot, dukkakli va boshqa ekinlarni almashlab ekishga ruxsat beriladi.
Prezident farmoyishi bilan e’lon qilingan dolzarb bir oylik doirasida mahallalarda olib borilayotgan dehqonchilik va obodonlashtirish ishlari haqida axborot berildi.
Bahorda 125 million tup ko‘chat ekilishi mo‘ljallangan. Bunda ekin joylarini to‘g‘ri tanlash, sug‘orishni yaxshilash muhim ekani ta’kidlandi. Jumladan, suv ta’minoti og‘ir mahallalarda geomembrana qoplamali hovuzlar barpo etiladi.
O‘tgan yili tajriba tarzida 208 ta mahallada “mahalla-servis” kompaniyalari tashkil qilinib, aholiga 23 turdagi xizmatlar ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgan edi. Endi bu tizim kengaytirilib, yana mingta shunday kompaniya tuziladi. Xizmatlar turi ham kamida 30 taga yetkaziladi. Xitoy tajribasi asosida 5 ming kishi mahallaga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha o‘qitiladi va 15 ming aholining bandligi ta’minlanadi.
Bu yildan 208 ta tuman va shahar obodonlashtirish bo‘limlari tarkibida ichki yo‘llarni saqlash uchastkalari tashkil qilindi. Ularga qo‘shimcha 5 turdagi maxsus texnika sotib olish uchun 700 milliard so‘m ajratildi. Mutasaddilarga ichki yo‘llarni ta’mirlash, mahallalarda energiya ta’minotini yaxshilash bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Mavzuga oid

16:22 / 01.05.2025
Yerosti suvlaridan hisoblagichsiz foydalanganda soliq to‘lovi besh barobar oshiriladi

10:03 / 01.05.2025
Qorako‘l hokimi 600 mln so‘m pulni to‘lamaslik uchun fermerga bosim qilyapti – Fermerlar kengashi vakili

08:30 / 30.04.2025
Elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi xorijiy kompaniyalar qancha soliq to‘lagani aytildi

23:25 / 24.04.2025