Pavel Durov: Telegramʼning doimiy foydalanuvchilari soni 1 milliarddan oshdi
Messenjer asoschining so‘zlariga ko‘ra, har bir foydalanuvchi kuniga Telegramʼni o‘rtacha 21 marta ochadi va unda har kuni 41 daqiqa vaqt o‘tkazadi.

Foto: Kun.uz
Telegramʼning bir oylik auditoriyasi 1 milliard faol foydalanuvchidan oshdi. Bu haqda messenjer asoschisi Pavel Durov ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Telegram dunyoda ma’lumot almashish bo‘yicha eng mashhur ilovalar orasida ikkinchi o‘ringa ko‘tarilgan (Xitoyning WeChat’idan tashqari).
Telegramʼdan oldingi o‘rinda WhatsApp turibdi, Durov uni o‘z messenjerining «arzon» va «sayoz» taqlidi deb atagan. «Uzoq yillar davomida ular bizni sekinlashtirish uchun lobbizm va PR-kampaniyalarga milliardlarni sarflab, innovatsiyalarimizdan nusxa olishga jon-jahdlari bilan harakat qilishdi. Ular muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Telegram o‘sdi, daromadli bo‘ldi va raqobatchimizdan farqli o‘laroq, o‘z mustaqilligini saqlab qoldi. Biz endigina boshlayapmiz», — deb yozadi Durov.
Shuningdek, Durov foydalanuvchilar faolligi oshib borayotganini ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, har bir foydalanuvchi kuniga Telegramʼni o‘rtacha 21 marta ochadi va unda har kuni 41 daqiqa vaqt o‘tkazadi. Durovning so‘zlariga ko‘ra, 2024 yilda daromad 547 million dollarni tashkil etgan.
2024 yil aprelda Durov amerikalik jurnalist Taker Karlsonga bergan intervyusida yil davomida milliard foydalanuvchiga erishishni kutayotganini ma’lum qilgandi. Shuningdek, u dekabr oyida Telegramʼning umumiy daromadi yil davomida 1 milliard dollardan oshgani haqida yozgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, 2022 yilda paydo bo‘lgan Telegram Premium pulli servisi obunachilari soni 12 milliondan oshgan.
Mavzuga oid

17:30 / 04.06.2025
Rasmlarni HD formatda yuborish, audio xabarlarni kesish va kanallar bilan muloqot – Telegram’da yangilanishlar

19:19 / 28.05.2025
Telegram'ga Ilon Maskning Grok sun’iy intellekti integratsiya qilinadi

23:21 / 24.05.2025
Fransiya sudi Durovga Norvegiyadagi forumda ishtirok etishiga ruxsat bermadi

18:29 / 23.05.2025