Tramp tarixdagi eng halokatli samolyot yaratilganini e’lon qildi
F-47 yangi avlod qiruvchi samolyotini Boeing kompaniyasi ishlab chiqaradi.

Foto: AP
Amerikalik ishlab chiquvchilar F-47 yangi avlod qiruvchi samolyotini yaratdi. Havo kemasining tajribaviy versiyasi deyarli 5 yil davomida yashirincha sinovdan o‘tkazildi.
AQSh prezidenti Donald Trampning ma’lum qilishicha, Next Generation Air Dominance (NGAD, Havoda ustunlikning yangi avlodi) qiruvchi samolyotini ishlab chiqarish bo‘yicha 20 milliard dollarlik dasturni Boeing kompaniyasi qo‘lga kiritdi.
Yangi samolyot tarixdagi eng halokatlisi deb atalmoqda va Lockheed Martin F-22 Raptor samolyotining o‘rnini egallashi kerak. Qiruvchi samolyot 2 Max tezlikka (taxminan 1450 km/soat) erisha oladi. U radarlardan yashiruvchi ilg‘or texnologiyalar bilan jihozlanadi.
Tramp so‘zlariga ko‘ra, samolyot F-47 deb nomlanadi va prototip 5 yildan beri sinalmoqda.
Mavzuga oid

12:40
Tramp: AQSh Xitoy bilan nodir metallar bo‘yicha shartnoma tuzdi

10:20
AQSh Eron bilan ortayotgan keskinlik fonida Iroqdagi elchixonasi xodimlarini evakuatsiya qilmoqda

23:15 / 11.06.2025
Tramp 9 ming noqonuniy migrantni Guantanamo qamoqxonasiga yubormoqchi

18:01 / 11.06.2025