Markaziy bank 5 ta bankni jarimaga tortdi
Shuningdek, qonunchilik talablariga rioya qilinmagani uchun uchta bank chora va sanksiyalar qo‘llanishi to‘g‘risida ogohlantirildi.

Foto: Markaziy bank
Markaziy bankning Bank nazorati qo‘mitasi tomonidan 2025 yilning fevral oyidagi yig‘ilishlarida 43 ta masala ko‘rib chiqildi, deb xabar beradi regulyator matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, ro‘yxatga olish va ruxsat berish yo‘nalishida 31 ta masala ko‘rilgan. Bundan tashqari, kredit tashkilotlarining moliyaviy holatiga oid 12 ta masala – Markaziy bank ko‘rsatmalari va prudensial me’yorlari talablarining bajarilishi, tijorat banklarida o‘tkazilgan o‘rganish natijalari ham muhokama qilingan.
Markaziy bank tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida aniqlangan kamchiliklar, jumladan, Markaziy bank tomonidan o‘rnatilgan iqtisodiy me’yorlarga va qonunchilik talablariga rioya qilinmagani uchun uchta bank chora va sanksiyalar qo‘llanishi to‘g‘risida ogohlantirilgan.
Shuningdek, amaldagi qonunchilik, Markaziy bank tomonidan o‘tkazilgan o‘rganish va inspeksiya tekshiruvlari davomida aniqlangan qoidabuzarliklar uchun beshta bankka nisbatan jarima sanksiyasi qo‘llangan.
Eslatib o‘tamiz, yanvar oyida Markaziy bank 10 ta bankni jarimaga tortgan, shuningdek, qonunchilik talablariga rioya qilmagan 1 ta to‘lov tizimi operatori chora va sanksiyalar qo‘llanishi to‘g‘risida ogohlantirgan edi.
Mavzuga oid

17:35 / 04.06.2025
O‘zbekiston ketma-ket uchinchi oy eng ko‘p oltin sotgan davlat bo‘ldi

09:57 / 04.06.2025
Haydovchilar jarima ballari haqida onlayn xabardor bo‘lishi mumkin

18:41 / 29.05.2025
Samarqandda 15 davlat Markaziy banklari rahbarlari moliyaviy inklyuzivlik va “yashil moliya” bo‘yicha muloqot o‘tkazdi

17:27 / 16.05.2025