Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Malayziya O‘zbekistonda halol insulin ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi
O‘zbekiston elchisi Karomiddin Gadoyev Malayziyaning Pharmaniaga Berhad kompaniyasi direktori Zulkifli Jafar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Foto: Dunyo
Muloqot chog‘ida O‘zbekistonda farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish sohasida hamkorlik qilish istiqbollari muhokama qilindi.
Zulkifli Jafar Malayziyada qandli diabet bilan kasallangan bemorlar uchun mazkur kompaniya tomonidan halol standartlari bo‘yicha birinchilardan bo‘lib insulin dorisini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgani va mamlakat hukumati buyurtmasi asosida davlat sog‘liqni saqlash muassasalariga yetkazib berilayotganini ma’lum qildi. Uning aytishicha, Malayziyada qandli diabet kasalligi mavjud insonlarga insulin dori vositalarini bepul tarqatish tizimi joriy etilgan.
"O‘zbekiston Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi bilan ushbu kompaniyaning bir necha turdagi dori vositalarini mamlakatimizda hamkorlikda ishlab chiqarish imkoniyatlari o‘rganyapmiz. Xususan, mahalliy sheriklar bilan birgalikda Tashkent Pharma Park hududida halol insulin ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish niyatimiz bor", dedi u.
Dastlabki bosqichda mamlakatdagi farmatsevtika korxonalarining mavjud infratuzilmasidan foydalangan holda halol standartlari asosida dori vositalarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish maqsadida Malayziyadan zarur texnologiyalarni olib kelish, keyingi bosqichda esa ushbu biznesga sarmoya kiritish rejalashtirilmoqda.
Mavzuga oid

16:57 / 28.07.2025
Tailand va Kambodja o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib oldi

12:03 / 28.07.2025
Tailand va Kambodja to‘rt kunlik urushdan so‘ng muzokaralarni boshlashga kelishib oldi

15:00 / 12.07.2025
O‘zbekiston va Malayziya xalqaro tan olingan o‘quv dasturlarini joriy etadi

09:37 / 12.07.2025