Shavkat Mirziyoyev Xo‘jand shahriga yetib bordi
Bugun O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston prezidentlarining uch tomonlama uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Xo‘jand shahriga keldi.
Aeroportda davlat rahbarini Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon kutib oldi.
O‘zbekiston rahbarining tashrifi sharafiga davlat bayroqlari ko‘tarildi. Milliy kuy-qo‘shiq va raqslar ijro etildi.
Bugun O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston prezidentlarining uch tomonlama uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.
Kun tartibiga muvofiq, do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilinadi.
Muzokaralar yakunida O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston davlat chegaralarining tutash nuqtasi to‘g‘risidagi shartnomani imzolash rejalashtirilgan.
Prezidentlar san’at ustalari ishtirokidagi qo‘shma konsertda ham ishtirok etadilar.
Mavzuga oid

17:34
Shavkat Mirziyoyev Toshkentda «INNOPROM» xalqaro ko‘rgazmasini borib ko‘rdi

18:15 / 27.04.2025
Shavkat Mirziyoyev Eron prezidentiga ta’ziya yo‘lladi

13:16 / 26.04.2025
Shavkat Mirziyoyev Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan telefonda suhbatlashdi

18:14 / 24.04.2025