AQShda O‘zbekiston shourumi va savdo ombori tashkil etildi
AQShning Sharlotta shahrida O‘zbekiston delegatsiyasi BUILD-2025 AWCI’S CONVENTION+EXPO xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etdi. Delegatsiya tarkibiga Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari Halim Safarov kirdi.

Foto: SSP
Tashrif doirasida joriy yil 5 aprel kuni AQShning Pensilvaniya shtati, Filadelfiya shahrida qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi mahalliy tadbirkorlar uchun shourum va savdo ombori tashkil etildi.
Savdo ombori 850 kv metr maydonda joylashgan bo‘lib, barcha sharoitlar ega. Ombor infratuzilmasi mahsulotlarni o‘sib borish tartibida, qavatma-qavat joylashtirishga imkon beradi.
Tadbirkorlar uchun qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida savdo omborining joylashuv manzilini tanlashda uning avtomobil va temir yo‘llari va portga yaqinligi inobatga olindi.
Doimiy shourumga O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan 60 turdan ortiq qurilish materiallari joylashtirildi.
Ochilish tadbiriga AQShdagi developerlar, yetkazib beruvchilar, logistika kompaniyalari taklif etildi.
Tadbir davomida Navoiy viloyati Karmana tumanida joylashgan Ecomarble MChJ tomonidan ishlab chiqariladigan pardozbop tosh mahsulotlarini yetkazib berish yuzasidan qiymati 10 mln dollarlik shartnoma imzolandi.
Mavzuga oid

13:55
Ochlikka ro‘para bo‘lgan G‘azo, sanksiyalardan xalos bo‘lishga urinayotgan Suriya va Rossiyaning Qirg‘izistonga tahdidi - kun dayjesti

13:33
Ukraina tinchlik rejasi bo‘yicha 5 ta talabini AQShga ma’lum qildi

13:32
Apple AQSh bozori uchun iPhone ishlab chiqarishni Hindistonga ko‘chirmoqchi

09:59