Jamiyat | 08:14 / 11.04.2025
2703
1 daqiqa o‘qiladi

Qoraqalpog‘istonda Isuzu va DAF yuk mashinalari to‘qnashdi

Hodisa oqibatida Isuzu haydovchisi olgan tan jarohati oqibatida kabina ichida qolib ketgan.

Foto: Videodan kadr

Qoraqalpog‘iston Respublikasining To‘rtko‘l tumani, “Oqqamish” OFY hududidan o‘tgan yo‘lda 9 aprel kuni soat 22:08 da YTH sodir bo‘lgan. 

FVV xabar berishicha, Isuzu yuk mashinasi DAF yuk avtomobilining orqasiga kelib urilgan. Hodisa oqibatida Isuzu haydovchisi olgan tan jarohati oqibatida kabina ichida qolib ketgan.

Tuman FVB qutqaruvchilari tomonidan haydovchi qutqarilgan va shifoxonaga yuborilgan. Hozirda haydovchining ahvoli yaxshi.

Mavzuga oid