Jamiyat | 13:05 / 14.04.2025
1421
1 daqiqa o‘qiladi

Ural Airlines'ning Qarshi - Moskva reysi texnik sabablarga ko‘ra bekor qilindi

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yo‘lovchilar Ural Airlines'ning boshqa reyslarida o‘z manziliga jo‘natiladi.

Foto: Uzbekistan Airports

Rossiyaning Ural Airlines aviakompaniyasining Qarshi - Moskva yo‘nalishi bo‘yicha U62128 reysi texnik sabablarga ko‘ra bekor qilindi

Bortida 154 nafar yo‘lovchi bo‘lgan samolyot 14 aprel kuni mahalliy vaqt bilan soat 05:35 da havoga ko‘tarilishi kerak edi.

Ayni damda ushbu reys yo‘lovchilari mehmonxonaga joylashtirilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yo‘lovchilar Ural Airlines'ning boshqa reyslarida o‘z manziliga jo‘natiladi.

Parvoz holati haqida batafsil ma’lumot olish uchun aviakompaniya vakiliga murojaat qilish mumkin.

Mavzuga oid