Yevroittifoq falastinliklarga yordam uchun 1,6 mlrd yevro ajratdi
Yevropa Ittifoqi G‘arbiy sohil va G‘azo sektoridagi falastinliklarga yordam berish uchun 1,6 milliard yevro ajratdi. Yevropa Ittifoqi hozirda Falastin ma’muriyatining eng yirik homiysi hisoblanadi.

Muhammad Mustafo Foto: Anadolu Agency
Yevropa Ittifoqi G‘arbiy sohil va G‘azo sektorida yashovchi falastinliklarga yordam berish uchun 1,6 milliard yevro ajratadi. Bu haqda 14 aprel, dushanba kuni Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Kaya Kallas ma’lum qildi.
«Biz Falastin xalqini qo‘llab-quvvatlashimizni kuchaytirmoqdamiz. 2027 yilgacha bo‘lgan 1,6 milliard yevro G‘arbiy sohil va G‘azo mintaqasini barqarorlashtirishga yordam beradi. Yevropa Ittifoqi zarur infratuzilmaga sarmoya kiritadi, shu bilan birga qochqinlarga gumanitar yordam va ko‘mak ko‘rsatadi. Biz Falastin ma’muriyatining uzoq yillik hamkorimiz», — deb yozdi Kallas ijtimoiy tarmoqda.
Uning xabari Lyuksemburgda Falastin milliy ma’muriyati bosh vaziri Muhammad Mustafo va Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlari o‘rtasidagi uchrashuv arafasida e’lon qilindi. Kallas yordam G‘azo sektoriga qanday yetkazilishiga aniqlik kiritmadi. Falastin milliy ma’muriyati faqat Iordan daryosining g‘arbiy sohilini nazorat qiladi. G‘azo sektoridagi hokimiyat 2007 yilda Hamas guruhi tomonidan nazoratga olingan.
AFP eslatganidek, Yevropa Ittifoqi Falastin ma’muriyati uchun eng yirik xalqaro donor hisoblanadi. 1,36 milliard yevrolik oldingi uch yillik yordam rejasi 2021 yildan 2024 yilgacha davom etgan.
Mavzuga oid

13:30 / 24.04.2025
90 foiz uylar vayron bo‘lgan G‘azo, Kashmirdagi teraktda ayblanayotgan Pokiston va barbod bo‘lgan London muzokaralari - kun dayjesti

12:15 / 22.04.2025
Isroil-HAMAS muzokaralarida uzoq muddatli sulh taklif etildi

08:58 / 21.04.2025
Isroilning G‘azoda urushni davom ettirishdan boshqa iloji yo‘q - Netanyahu

23:47 / 18.04.2025