Jamiyat | 23:57 / 16.04.2025
4274
2 daqiqa o‘qiladi

Xorazmda fuqarolarga soxta diplom olib bergan shaxs ushlandi

U ikki kishiga Qirg‘izistondagi xalqaro universitetni tamomlagani haqidagi soxta diplomlarni tayyorlab bergan va 4,8 ming dollar olgan.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departamen

Xorazmda Bosh prokuratura huzuridagi departament va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda soxta diplom tayyorlash bilan shug‘ullangan shaxs qo‘lga olindi.

Qayd etilishicha, Yangiariq tumanida D.M. ismli shaxs fuqaro D.I.ning ishonchiga kirib, unga Urganch davlat universiteti tomonidan berilgan akademik ta’tilini to‘g‘rilab, diplom olib berishi evaziga 900 AQSh dollari va 1,3 mln so‘mni tanishi M.Ya. orqali olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, tergovga qadar tekshiruv davomida D.M. fuqarolar B.O. va A.B.ni aldab, ularning Qozog‘iston universitetidagi o‘qishini go‘yoki Qirg‘izistondagi xalqaro universitetga ko‘chirib, ushbu ta’lim muassasasini tugatganligi haqida soxta diplom tayyorlab berib, evaziga ularning jami 4 800 dollarini qo‘lga kiritganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish), 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid