O‘zbekiston | 18:58 / 18.04.2025
8616
2 daqiqa o‘qiladi

Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Akramjon Abduhamidov Namangan viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimidan ketdi. Uning o‘rnini Zuhriddin Bahriddinov egalladi.

Foto: Namangan viloyati hokimligi

Zuhriddin Bahriddin o‘g‘li Bahriddinov Namangan viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – viloyat iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Zuhriddin Bahriddinov 1985 yilda To‘raqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. Mutaxassisligi – moliya, davlat moliyasini boshqarish. 2006 yilda Andijon muhandislik iqtisodiyot instituti, 2008 yilda Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetini, 2020 yilda O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.  

Mehnat faoliyatini 2007 yili Xalq ta’limi vazirligi moliyalashtirish, buxgalteriya hisobi va hisoboti boshqarmasi mutaxassisligidan boshlagan. 2008–2020 yillarda Namangan viloyati moliya boshqarmasida turli vazifalarda faoliyat ko‘rsatgan. 2020–2024 yillarda Namangan viloyati hokimligi moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Tayinlovga qadar Iqtisodiyot va moliya vazirligi Hududlarni kompleks iqtisodiy rivojlantirish departamenti direktori bo‘lib ishlab kelayotgandi.

U yangi lavozimida 2023 yil mayidan buyon ishlab kelgan Akramjon Abduhamidov o‘rnini egalladi.

Mavzuga oid