Parijda AQSh, Yevropa va Ukraina o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi
Vashingtonning ta’kidlashicha, Qo‘shma Shtatlar Parijdagi muzokaralarda Ukrainada «kuchli va mustahkam tinchlik sxemalarini» taqdim etgan. Kiyevda uchrashuv «konstruktiv va ijobiy» deb ataldi. Tomonlar Londonda yangi uchrashuv o‘tkazishni rejalashtirgan.

Foto: Ludovic Marin/POOL/AFP
17 aprel, seshanba kuni Parijda AQSh, Ukraina, Buyuk Britaniya, Germaniya va Fransiya vakillari yig‘ildi. Turli formatdagi muzokaralarda Ukrainada tinchlikka erishish yo‘llari muhokama qilindi.
Parijdagi AQSh delegatsiyasi tarkibida davlat kotibi Marko Rubio, Donald Trampning Ukraina bo‘yicha maxsus vakili Kit Kellog va maxsus elchi Stiven Uitkoff bor edi. Muzokaralarda Kiyev tomonidan Volodimir Zelenskiy idorasi rahbari Andrey Yermak, tashqi ishlar vaziri Andrey Sibixa va mudofaa vaziri Rustem Umerov ishtirok etdi.
Germaniya tomonidan Germaniya Tashqi ishlar vazirligining siyosiy direktori Gyunter Zautter va Federal hukumatning tashqi siyosat va xavfsizlik siyosati bo‘yicha maslahatchisi Yyens Plyotner ishtirok etdi.
Kit Kellog X ijtimoiy tarmog‘ida Umerov va Yermak bilan Parijdan tushgan suratni joylashtirdi va uchrashuvlarni «juda samarali» deb atadi.
AQSh Davlat departamenti matbuot kotibi Temmi Bryusning aytishicha, Vashington barcha tomonlarga «kuchli va mustahkam tinchlik sxemalarini» taqdim etgan, ammo hech qanday tafsilotlarni keltirmagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Parijdagi uchrashuvdan so‘ng Marko Rubio telefon orqali Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovga «AQSh jamoasi Parijdagi Ukraina delegatsiyasi va uning Yevropadagi ittifoqchilariga bildirgan signalni: prezident Donald Tramp va Qo‘shma Shtatlar bu urush tugashini istaydi» degan xabarni yetkazgan.
Mavzuga oid

07:53
Tramp tariflarga moratoriy uzaytirilishi ehtimoli kamligini aytdi

17:55 / 25.04.2025
Xitoy AQShning ayrim tovarlariga nisbatan yuqori bojlarni bekor qilmoqda - OAV

13:55 / 25.04.2025
Ochlikka ro‘para bo‘lgan G‘azo, sanksiyalardan xalos bo‘lishga urinayotgan Suriya va Rossiyaning Qirg‘izistonga tahdidi - kun dayjesti

13:33 / 25.04.2025