Tramp YeI bilan savdo kelishuviga erishishiga «100 foiz» ishonch bildirdi
Donald Tramp va Italiya bosh vaziri Jorja Meloni Oq uyda uchrashib, AQSh va Yevropa Ittifoqi savdo tariflari bo‘yicha kelishuvga erisha olishiga ishonch bildirdi. Meloni Vashingtonni «ishonchli hamkor» deb atadi.

Foto: WIN MCNAMEE/Getty Images via AFP
AQSh prezidenti Donald Tramp 17 aprel, payshanba kuni Oq uyda Italiya bosh vaziri Jorja Melonini qabul qildi. Jurnalistlar bilan suhbatda har ikki yetakchi AQSh va Yevropa Ittifoqi savdo tariflari bo‘yicha kelishuvga erisha olishiga ishonch bildirdi.
Shunday qilib, Tramp YeI bilan bitim tuzishga «yuz foiz» ishonishini aytdi. U buni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan vaqtni «uch-to‘rt hafta» deb hisobladi, deb xabar beradi AFP. Amerika rahbari, ammo a’zo davlatlar nomidan tariflar bo‘yicha muzokara olib borayotgan Yevropa Komissiyasi prezidenti Ursula fon der Lyayyen bilan uchrashishni xohlaysizmi, degan savolga javob berishdan bosh tortdi. Biroq, u shunday dedi: «Biz Yevropa yoki boshqa birov bilan shartnoma tuzishda muammoga duch kelmaymiz».
O‘z navbatida Meloni ham shunday dedi: «Biz kelishuvga erisha olishimizga ishonaman». U AQShni «ishonchli hamkor» deb atadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Tramp «yaqin kelajakda» Rimga tashrif buyurish taklifini qabul qilgan va u yerda boshqa Yevropa yetakchilari bilan uchrashish variantini ko‘rib chiqmoqda. «Atlantikaning ikki qirg‘og‘i o‘rtasida qandaydir muammolar bo‘lsa ham, biz uchun uchrashish va yechim topish vaqti keldi», deb ta’kidladi Italiya bosh vaziri.
O‘ng populistik qarashlarga ega bo‘lgan Jorja Meloni immigratsiya siyosati kabi ko‘plab masalalarda Donald Trampning pozitsiyasiga qo‘shilishini ta’kidladi. «Mening maqsadim — G‘arbni yana buyuk qilish va men buni birgalikda uddalay olamiz deb o‘ylayman», dedi u. Vashingtondan qaytgach, Meloni Rimda AQSh vitse-prezidenti Jyey Di Vensni qabul qilishni rejalashtirmoqda.
Mavzuga oid

23:20 / 23.04.2025
Lavrov: Rossiya YeIning Markaziy Osiyoda hukmronlik o‘rnatishga bo‘lgan urinishlariga qarshi

17:55 / 18.04.2025
Yevroittifoq Rossiya aviakompaniyalari uchun o‘z osmonini ochishdan bosh tortdi

14:09 / 17.04.2025
Shtrak-Tsimmerman: Moldova - YeI uchun ustuvor davlat

08:46 / 15.04.2025