Energiya samardorligi agentligiga direktor tayinlandi
2019 yildan buyon Respublika tovar-xomashyo birjasini boshqarib kelgan Ziyoviddin Badriddinov yangi tashkil etilayotgan Energiya samaradorligi milliy agentligiga rahbar etib tayinlandi. Raqobat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Asadulla Qayumov faoliyatini RTXB raisi sifatida davom ettiradi.

Ziyoviddin Badriddinov / Foto: RTXB
O‘zbekiston prezidentining qarori bilan, Badriddinov Ziyoviddin Bositovich Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Energiya samardorligi milliy agentligi direktori etib tayinlandi.
U 2019 yil oktyabrdan buyon Respublika tovar-xomashyo birjasi boshqaruvi raisi lavozimida ishlab kelayotgandi.
Energiya samaradorligi milliy agentligi O‘zbekiston prezidentining 2 apreldagi farmoni asosida tashkil etilmoqda.
Agentlikka energiya samaradorligini oshirish sohasida yagona davlat siyosatini yuritish, sohada rag‘batlantiruvchi va ta’sir etuvchi choralar ishlab chiqish va tartibga solish; energiya tejashdan daromad oluvchi energiya servis kompaniyalari (ESKO) xizmatlari bozorini rivojlantirish va boshqa vazifalar yuklatilgan.

Badriddinovning o‘rniga, tovar-xomashyo birjasi raisi lavozimiga Qayumov Asadulla O‘rolovich tayinlandi. U tayinlovga qadar 2022 yildan buyon Raqobat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari, o‘rinbosari lavozimlarida ishlab kelayotgandi.
Mavzuga oid

22:04 / 23.04.2025
O‘zbekiston Xitoyga Jizzaxdagi AES loyihasiga sarmoya kiritishni taklif qildi

11:21 / 23.04.2025
UzAuto Motors xususiylashtiriladi. 3,4 milliard dollarga qurilgan GTL zavodi ham

20:38 / 18.04.2025
2025 yilda quvvati 65 megavatt bo‘lgan mingdan ortiq mikro GES quriladi

21:26 / 15.04.2025