Xitoyda korrupsiyaga qarshi kurashishga mas’ul amaldor pora olishda ayblanmoqda
Tergov versiyasiga ko‘ra, Xitoy Kommunistik partiyasi Markazqo‘mida korrupsiyaga qarshi kurashishga mas’ul bo‘lgan Li Gan mansabdor shaxslarni tayinlashda pora olib kelgan.

Foto: Blomberg
Xitoy prokuraturasi mamlakat Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasida korrupsiyaga qarshi kurashga mas’ul bo‘lgan Li Ganni hibsga olishga order berdi, deb yozmoqda Xinhua agentligi.
Qayd etilishicha, Li Gan korrupsiyada ayblanmoqda. Tergov davomida aniqlanishicha, Li Xitoy Kommunistik partiyasi Markazqo‘miga mansabdor shaxslarni tanlash va tayinlashda pora olgan, shuningdek, noqonuniy tijorat faoliyati bilan shug‘ullangan.
Bundan tashqari, tergov versiyasiga ko‘ra, u foydali shartnomalar tuzish hamda Markaziy qo‘mitada lavozim taqdim etish evaziga turli kompaniyalar vakillaridan katta miqdorda pul va qimmatbaho buyumlar olib, xizmat mavqeini suiiste’mol qilgan.
Yuqoridagi qonunbuzarliklar uchun Li Gan 7 aprel kuni lavozimdan olingan va Kommunistik partiya a’zoligidan chiqarilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2024 yil dekabr oyida Xitoy Kommunistik partiyasi Xux-xoto shahrining iqtisodiy va texnologik rivojlanish zonasi ishchi qo‘mitasi sobiq kotibi Li Jianpin Xitoy Oliy xalq sudi tomonidan tasdiqlangan hukmga ko‘ra qatl etilgandi. Tergov xulosalariga ko‘ra, qariyb 2 milliard dollardan ortiq davlat mablag‘larini o‘zlashtirgan va 800 million dollardan ziyod pora olgan.
Mavzuga oid

21:11 / 24.04.2025
«Demokratiyaning bo‘sh arsenali». Foreign Affairs AQSh Xitoy bilan urushga tayyor emasligi haqida maqola e’lon qildi

17:06 / 23.04.2025
Xitoy Oyda AES qurish rejasini tasdiqladi

09:05 / 23.04.2025
Tramp Xitoy tovarlariga boj to‘lovlarini pasaytirishini e’lon qildi

17:03 / 22.04.2025