Qamchiqda Isuzu ishtirokida YTH ro‘y berdi
Yuk mashinasi tormozi ishlamay qolishi sababli temir to‘siqqa urilgan.

Foto: Videodan kadr
Qamchiq dovonida Isuzu yuk mashinasi tormozi ishlamay qolishi oqibatida yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Bu haqda YHXX xabar qildi.
Holat 2025 yilning 28 aprel kuni soat 11:35 larda Qamchiq dovoni hududidan o‘tuvchi A-373 Toshkent — O‘sh avtomobil yo‘li Toshkent — Vodiy yo‘nalishining 157-kilometrida sodir bo‘lgan. Qayd etilishicha, Isuzu yuk mashinasining tormoz tizimida nosozlik kelib chiqqani sababli haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lni ikkiga ajratib turuvchi temir to‘siqqa urilgan.
Hodisa oqibatida Isuzu haydovchisi mashina kabinasi ichida qisilib qolgan. U qo‘l sohalaridagi shilinish jarohati bilan Pop tumani tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan.
Mavzuga oid

19:10 / 11.06.2025
Yangiyo‘lda yuk mashinasi velosipedchi bolani urib ketdi

18:07 / 10.06.2025
Termizda Damas 17 yoshli skuter haydovchisini urib yubordi. Jabrlanuvchi vafot etdi

18:09 / 08.06.2025
Toshkentda mototsikl va skuter ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Haydovchilar vafot etdi

19:45 / 07.06.2025