Jamiyat | 08:50
2736
1 daqiqa o‘qiladi
Qamchiq dovonida “Vaz-2106” avtomobili xandaqqa tushib ketdi
Maxsus texnika va asbob-anjomlar yordamida avtomobil xandaqdan olib chiqilgan.

Foto: FVV
Qamchiq dovonida 28 aprel kuni soat 15:40 larda “Vaz-2106” rusumli avtomobil haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida yo‘lning xandaq (kyuvet) qismiga tushib ketdi.
FVV ma’lum qilishicha, qutqaruv otryadi tomonidan maxsus texnika va asbob-anjomlar yordamida avtomobil xandaqdan olib chiqilgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.