O‘zbekiston | 20:51 / 02.05.2025
2731
1 daqiqa o‘qiladi

Hududlarda 24 ta yerosti piyodalar o‘tish yo‘li qurilishi belgilandi

Bu o‘tgan yilga nisbatan 3 barobar ko‘p.

Foto: IIB axborot xizmati

2024-2025 yillar dasturlariga muvofiq respublika hududlarida 24 ta yerosti piyodalar o‘tish yo‘li qurilishi belgilangan. Shundan, Buxoro viloyatida 3 ta, Samarqand viloyatida 2 ta, Toshkent viloyatida 14 ta, Xorazm viloyatida 1 ta va Toshkent shahrida 4 ta. Bu haqda Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi axborot xizmati rahbari Nilufar Jumayeva ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, 2024 yilda jami 7 ta yerosti piyodalar o‘tish yo‘li foydalanishga topshirilgan. Jumladan, Toshkent viloyatida 6 ta va Toshkent shahrida 1 ta.

Bundan tashqari, 2025 yilda avtomobillar uchun 18 ta yerosti o‘tish yo‘li qurilishi rejalashtirilgan: Buxoro viloyatida 3 ta, Samarqand viloyatida 2 ta, Toshkent viloyatida 8 ta, Xorazm viloyatida 1 ta, Toshkent shahrida 4 ta.

Ta’kidlanishicha, yerosti o‘tish yo‘llari harakatlanayotgan piyodalar uchun qulaylik yaratishi barobarida, ularning xavfsizligini ta’minlashga ham xizmat qiladi.

Mavzuga oid