Viloyat ma’muriyati rahbari: Rossiya Zaporijjyaga 10 marta zarba berdi
Rossiya Qurolli kuchlari Zaporijjyaga kamida 10 ta zarba berdi, 14 kishi yaralandi, deb xabar qildi Zaporijjya viloyati harbiy ma’muriyati rahbari.

Foto: Anadolu/picture allianc
Rossiya Qurolli kuchlari Zaporijjyaga kamida 10 ta zarba berdi. Bu haqda 1 may, payshanba kuni Zaporijjya viloyati harbiy ma’muriyati boshlig‘i Ivan Fedorov ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, bir necha yong‘in sodir bo‘lgan va 14 kishi — o‘n erkak va to‘rt ayol jarohatlangan.
Ulardan to‘qqiz nafari shifoxonada, besh nafariga voqea joyida tibbiy yordam ko‘rsatildi.
61 yoshli erkakning o‘limi haqidagi dastlabki ma’lumotlar tasdiqlanmadi, deya qo‘shimcha qildi Fedorov. Qutqaruvchilar jabrlanuvchini vayronalar ostidan chiqarib olishdi, u kasalxonaga olib ketildi.
Viloyat harbiy ma’muriyati boshlig‘ining so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Qurolli kuchlari shaxsiy uylar, ko‘p qavatli xonadonlar, ta’lim muassasalari va infratuzilma obektlarini nishonga olgan.
Mavzuga oid

12:13
WP: Zelenskiy va Trampning kelishuvi Rossiya elitasini cho‘chitib yubordi

08:50
AQSh Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar bo‘yicha ishlarni yakunladi

08:10
AQSh Rossiya va Kiyev o‘rtasida «chopib yuradigan» vositachi bo‘lmaydi

01:52