Jahon | 07:55
2288
1 daqiqa o‘qiladi

BMT dunyo yetakchilarini G‘azo aholisini oziq-ovqat bilan ta’minlashga chaqirdi

Gumanitar yordam Falastin eksklaviga 9 haftadan beri yetib bormayapti, chunki Isroil yuklarni yetkazib berishga to‘liq blokada joriy etgan.

Foto: Anadolu Agency / Hassan Jedi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti dunyo yetakchilarini gumanitar inqiroz kuchayib borayotgan G‘azo sektoridagi tinch aholiga oziq-ovqat yetkazib berishni ta’minlashga chaqirdi.

Bu haqda BMTning gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi bayonotida aytilgan.

«Bizda blokada olib tashlangan zahoti tarqatish uchun tayyor bo‘lgan katta miqdordagi zaxiramiz bor. Biz dunyo yetakchilarini buning amalga oshishi uchun o‘z ta’siridan foydalanishga chaqiramiz. Hozir buning vaqti», — deyiladi bayonotda.

Boshqarma Isroilning tinch aholini oziq-ovqat bilan ta’minlash uchun jangovar zonalarga yo‘naltirish rejasini «asosiy gumanitar tamoyillarga zid» deb atadi.

BMT ma’lumotlariga ko‘ra, to‘qqiz haftadan beri G‘azoga yordam yetib bormagan, chunki Isroil yuklarni yetkazib berishni to‘liq blokadaga olgan. Shu bilan birga, insonparvarlik yordamini tasdiqlash haqidagi aksariyat so‘rovlar rad etilyapti.

Mavzuga oid