Rossiya Ukraina muzokaralarida juda ko‘p narsani talab qilmoqda – Vens
Rossiyaliklar hozir mojaroga barham berish uchun zarur bo‘lgan juda ko‘p muayyan talab va yon berishlarni ilgari surmoqda, dedi u.

Foto: AP
AQSh vitse-prezidenti Jyeyms Vens so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Ukrainadagi urushni tugatish uchun tinchlik muzokaralarida «juda ko‘p narsani» talab qilmoqda.
Vashingtondagi Myunxen sammitida so‘zlagan Vens, o‘zi ham, AQSh prezidenti Donald Tramp ham keng ko‘lamli bosqinni qoralashini aytdi, biroq u «mojaroga barham berish uchun boshqa tomon qaysi pozitsiyadan harakat qilayotganini tushunish kerakligini» ta’kidladi.
«Prezident Tramp rossiyaliklarni «Biz bu mojaroga barham berish uchun mana shu narsalarni xohlaymiz» deyishi uchun astoydil harakat qildi. Va siz bunga qo‘shilmasligingiz mumkin. Ularning talablarini haddan tashqari ko‘p deb hisoblashingiz mumkin. Ruslar o‘z tinchlik shartlarini ilgari surganida, bizga ular juda ko‘p narsani so‘rayotgandek tuyuldi. Ammo muzokaralar shunday olib boriladi», dedi Vens.
AQSh vitse-prezidenti so‘zlariga ko‘ra, rossiyaliklar hozir mojaroga barham berish uchun zarur bo‘lgan muayyan talab va yon berishlarni ilgari surmoqda.
«Biz ular juda ko‘p narsani so‘rayapti deb o‘ylaymiz», deb takrorladi Vens.
Uning qo‘shimcha qilishicha, albatta, ukrainaliklar muzokaralarda katta rol o‘ynaydi:
«Ular mojaroning yana bir tomoni hisoblanadi. Va biz bu mojaroni muvaffaqiyatli yakunlash uchun ukrainaliklarga nima kerakligi haqida so‘rashimiz lozim», dedi u.
Politico ta’kidlaganidek, Vens shu tariqa Moskvani tinchlik muzokaralariga ko‘ndirish harakatlaridan umidsizlikning yangi belgilariga ishora qildi.
Vitse-prezident Rossiya katta ehtimol bilan yon berishga majbur bo‘lishiga shama qildi va bu Tramp ma’muriyati Rossiya prezidenti Vladimir Putinga nisbatan keskinroq pozitsiyani egallashga tayyor ekanligidan dalolat beradi.
Mavzuga oid

19:54
AQShda salkam 50 yil oldin sodir etilgan qotillik tamaki qutisidagi barmoq izlari orqali fosh qilindi

18:47
FXX: Rossiyaga kelayotgan Shimoliy Koreya fuqarolari soni keskin kamaydi

18:00
AQSh yirik kompaniyalari maktab o‘quvchilarini sun’iy intellekt davriga tayyorlashga chaqirdi

17:55