Tramp: G‘azoda Hamas garovga olgan yana uch kishi halok bo‘ldi
AQSh prezidentining aytishicha, 21 nafar garovga olingan shaxs Falastin guruhi qo‘lida qolmoqda. Oq uy «iloji boricha ko‘proq garovga olinganlarni qutqarish uchun hamma narsani qilmoqda».

Foto: AP/Scanpix/LETA
AQSh prezidenti Donald Tramp 6 may, seshanba kuni Falastinning Hamas guruhi tomonidan G‘azo sektorida garovga olingan yana uch kishi halok bo‘lganini ma’lum qildi. Oq uyda bo‘lib o‘tgan tadbirda so‘zlagan Tramp isroillik garovga olinganlar bilan yaqinda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda tashkilot asirligida 24 kishi tirik qolgani ma’lum qilinganini eslatdi. «Bugungi kunda ularning soni 21 nafar, uch nafari halok bo‘ldi», dedi Amerika prezidenti.
«Biz imkon qadar ko‘proq garovga olinganlarni qutqarish uchun qo‘limizdan kelganini qilmoqchimiz», — deya qo‘shimcha qildi Donald Tramp va vaziyatni «dahshatli» deb atadi. Isroil armiyasining 2023 yil 7 oktyabrdagi o‘g‘irlanganlar haqidagi so‘nggi hisobotiga ko‘ra, ulardan 58 nafari hali ham G‘azo sektorida hamaschilar qo‘lida. 34 nafari vafot etgani taxmin qilinmoqda.
13-16 may kunlari Donald Tramp Saudiya Arabistoni, Qatar va Birlashgan Arab Amirliklariga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda. Shuningdek, u 6 may kuni tashrif oldidan «juda va juda muhim e’lon» berishini aytdi, biroq tafsilotlarni keltirmadi.
Mavzuga oid

23:06 / 09.05.2025
Tramp boylar uchun soliqni oshirish taklifini berdi

20:39 / 09.05.2025
Tramp Xitoy tovarlariga bojlarni kamaytirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda

16:34 / 09.05.2025
Tramp Zelenskiy bilan qo‘ng‘iroqlashdi

12:41 / 09.05.2025