O‘zbekiston | 09:58
920
1 daqiqa o‘qiladi

Sanoat xavfsizligi sohasidagi bir qator hujjatlar takomillashtirildi

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasidagi qonunchilik hujjatlarini takomillashtirilishi munosabati bilan bir qator NHHga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Foto: AFP / JOCHEN LUEBKE

O‘zgartirishlar quyidagilarni nazarda tutadi:

  • sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasidagi litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillarini takomillashtirish;
  • xavfli ishlab chiqarish obektlari tomonidan texnogen xavfi yuqori bo‘lgan zonalarning davlat kadastri pasportlari ishlab chiqilishi majburiyligini belgilash;
  • sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspertlarga ekspert guvohnomasini berish tartibini takomillashtirish.

Xususan, quyidagilarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi:

  • Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‘g‘risidagi nizom;
  • Texnogen xavf yuqori bo‘lgan zonalar davlat kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom va boshqalar.

Mavzuga oid