O‘zbekiston | 09:10 / 09.05.2025
846
1 daqiqa o‘qiladi

2024 yilda foydalanishga topshirilgan uylar soni ma’lum qilindi

O‘zbekistonda 2024 yilda 100 264 ta xonadon aholiga topshirilgani ma’lum qilindi. 

2024 yilda 2 044 ta ko‘p kvartirali uy foydalanishga topshirilib, jami 100 264 ta xonadon aholiga topshirildi. 2022–2024 yillar davomida jami 4 920 ta ko‘p kvartirali uy qurilib, ularda 221 mingdan ortiq xonadon aholiga topshirilgan.

Yillik ko‘rsatkichlar quyidagicha: 2022 yilda 1 433 ta uy (56 115 ta xonadon), 2023 yilda 1 443 ta uy (65 528 ta xonadon), 2024 yilda 2 044 ta uy (100 264 ta xonadon).

“Yangi O‘zbekiston” massivlarida olib borilayotgan qurilish ishlari izchil davom ettirilmoqda. 2025 yilga kelib bunday massivlar soni 29 tadan 56 taga yetkazilgan. Ayni paytda ushbu massivlarda 890 ta uy qurilib, 31 692 ta xonadon foydalanishga topshirilgan.

Mavzuga oid