AQSh to‘rt nafar o‘zbekistonlikni deportatsiya qilish uchun hibsga oldi
Uch erkak va bir ayol Karib dengizidagi Virginiya orollari orqali AQSh hududiga noqonuniy kirmoqchi bo‘lgan.

Foto: Instagram / cbpamo
AQSh bojxona va chegara qo‘riqlash xizmatining havo va dengiz operatsiyalari (AMO) maxsus guruhi 7 may kuni Viyekes oroliga noqonuniy kirishga uringan to‘rt nafar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan kemani aniqladi.
Kemada tintuv o‘tkazilganda uch nafar yo‘lovchi AQSh fuqarosi ekanini, qolgan to‘rt nafari - uch erkak va bir ayol O‘zbekiston fuqarosi ekanini da’vo qilgan.
O‘zbekiston fuqarolarida Qo‘shma Shtatlarga kirish yoki qolishga ruxsat beruvchi hujjatlar bo‘lmagan. Kema yo‘lovchilari Karib dengizidagi Sent-Jon orolidan (Virginiya orollari) suzib kelganini ma’lum qilgan.
Ta’kidlanishicha, Remi sektori chegara xizmati xodimlari to‘rt nafar O‘zbekiston fuqarosini immigratsiya ishini rasmiylashtirish va deportatsiya qilish uchun hibsga olgan.
30 aprel kuni AQSh hududida noqonuniy bo‘lib turgan va deportatsiya qilinadigan xorijliklar ro‘yxatiga kiritilgan O‘zbekiston fuqarolari Nyu-York – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha maxsus charter reysi orqali vatanga qaytarilgan edi.
Bundan oldinroq AQSh hukumati fuqarolar deportatsiyasini tashkil etgan O‘zbekistonga minnatdorlik bildirdi.
Mavzuga oid

23:18
AQShda ona va o‘g‘il bir vaqtda universitetni tamomladi

22:28
Ukraina muzokaraga tayyorligini aytdi, Rossiya o‘ylab ko‘rishini ma’lum qildi

20:58
Kellog 30 kunlik otashkesimdan keyin Ukraina mojarosiga barham berilishini aytdi

17:43