AQSh va Saudiya Arabistoni 600 mlrd dollarlik kelishuvga erishdi
Uning doirasida Saudiya kompaniyasi AQShda data-markazlar va energetika infratuzilmalari qurilishiga 20 mlrd dollar investitsiya kiritadi.

Foto: Reuters
AQSh va Saudiya Arabistoni 600 milliard dollardan ortiq qiymatdagi bitimlar va investitsion majburiyatlar paketini imzoladi. Bu ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik tarixidagi eng yirik iqtisodiy kelishuv bo‘ldi, deb xabar bermoqda Oq uy.
Bitimlar imzolash marosimi 13 may kuni Ar-Riyodda bo‘lib o‘tdi. Unda AQSh prezidenti Donald Tramp va Saudiya valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon ishtirok etdi. Tomonlar strategik hamkorlikni chuqurlashtirish va uzoq muddatli iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlashga kelishib oldi.
Kelishuvlarga ko‘ra, Saudiyaning DataVolt kompaniyasi AQSh hududida data-markazlar va energetika infratuzilmasi qurilishiga taxminan 20 milliard dollar investitsiya kiritadi. O‘z navbatida, AQShning GE Vernova korporatsiyasi Saudiya Arabistoniga 14,2 milliard dollar qiymatdagi gaz turbinalari va boshqa energetika uskunalarini yetkazib beradi.
Tramp 14 may kuni Qatar, 15 may kuni esa Birlashgan Arab Amirliklariga tashrif buyuradi. Bu uning ikkinchi prezidentlik muddatidagi ilk yirik xorijiy safari sanaladi. Axios nashrining yozishicha, Tramp Fors ko‘rfazi davlatlari bilan 1 trillion dollarlik bitimlar tuzishni rejalashtirmoqda.
Mavzuga oid

11:45
Tramp Qatarda nima qildi: milliardlik bitimlar, hashamat va AQSh prezidenti oilasining shaxsiy manfaatlari

01:09
NYT: Trampning oilasi aprel oyida kamida 2 mlrd dollarga boyidi

22:15 / 14.05.2025
Tramp arablar davrasida. U Falastinni tan oladimi?

20:40 / 14.05.2025