Rossiya federal budjetning deyarli uchdan bir qismini maxfiylashtirdi
Rossiya hukumati yashirin budjet xarajatlarini oshirmoqda. Ukrainaga qarshi urush uchun ko‘p trillion dollarlik xarajatlar yashirilmoqda.

Foto: TASS
Rossiya hukumati rossiyalik soliq to‘lovchilarga 20 trillion rubldan ko‘proq zarar keltirgan Ukrainadagi urush uchun ulkan hisobni «soyada» yashirib, yashirin budjet xarajatlarini oshirmoqda, deb xabar berdi 14 may, chorshanba kuni The Moscow Times rus xizmati.
Rossiya Moliya vazirligi ma’lumotlari va budjet to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha materiallar asosida Germaniya xalqaro xavfsizlikni o‘rganish instituti ilmiy xodimi Yanis Klyuge hisob-kitoblariga ko‘ra, joriy yilning birinchi choragida federal g‘aznadan maxfiy bandlarga 3,6 trillion rubl sarflangan. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan (2,5 trillion rubl) maxfiy xarajatlar 44 foizga yoki 1,1 trillion rublga oshdi va ularning ulushi yangi rekordga yetdi – uch oyda budjet tomonidan sarflangan 11,2 trillion rublning 32 foizi.
Natijada maxfiylashtirilgan xarajatlar «ijtimoiy siyosat» (4,4 trillion rubl)dan keyin ikkinchi eng katta budjet bandiga aylandi. Ular sog‘liqni saqlash xarajatlaridan 7 baravar (0,5 trillion rubl) va ta’lim xarajatlaridan deyarli 9 baravar (0,4 trillion rubl)ga oshdi. Birinchi chorakda umumiy budjet xarajatlari o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,2 trillion rublga (+24 foiz) oshgan bo‘lsa-da, bu o‘sishning har ikkinchi rubli «soya budjeti»ga o‘tdi.
Mavzuga oid

00:53
Istanbuldagi muzokaralar 16 mayga ko‘chirildi. Zelenskiy Ukraina delegatsiyasi tarkibini tasdiqladi

23:58 / 15.05.2025
9 mln dollarni talon-toroj qilishda ayblangan O‘zbekiston fuqarosi Rossiyada qo‘lga olindi

23:46 / 15.05.2025
Rossiya Quruqlikdagi qo‘shinlari qo‘mondoni lavozimdan olindi

19:34 / 15.05.2025