O‘zbekiston | 09:38 / 16.05.2025
1474
3 daqiqa o‘qiladi

21 mlrd so‘mlik noqonuniy davlat xaridlarining oldi olindi

To‘plangan hujjatlar qonuniy chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan yanvar-aprel oylarida davlat buyurtmachilari tomonidan 21 mlrd so‘mlik 18 ta davlat xaridida qonunbuzilishi holatlariga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi

Jumladan:

▫️Toshkent viloyati hokimligi huzuridagi Toshkent viloyatida biznes markazlarini qurish direksiyasi 2,2 mlrd so‘mlik;
▫️«Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi» AJ 313 mln so‘mlik;
▫️Beshariq tumani tibbiyot birlashmasi 300 mln so‘mlik;
▫️Dehqonobod tumani hokimligi 189 mln so‘mlik;
▫️Ellikqal’a tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi 95 mln so‘mlik;
▫️Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi 56 mln so‘mlik davlat xaridlarida «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonun talablariga zid ravishda o‘zaro affillangan shaxslar ishtirok etishiga imkon yaratgan.

Shuningdek:

▫️«Dehqonobod kaliy zavodi» AJning 10,8 mlrd so‘mlik;
▫️Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasining 1,9 mlrd so‘mlik;
▫️G‘uzor tumani obodonlashtirish boshqarmasining 1,9 mlrd so‘mlik;
▫️Dehqonobod tumani obodonlashtirish boshqarmasining 1,1 mlrd so‘mlik;
▫️Tabiiy va aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan S.H.Sirojiddinov nomli akademik litseyning 573 mln so‘mlik;
▫️Termiz Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazining 572 mln so‘mlik;
▫️Amu-Surxon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasining 520 mln so‘mlik;
▫️Sirdaryo viloyati hududiy qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining 83 mln so‘mlik;
▫️Yangiobod tumani tibbiyot birlashmasining 45 mln so‘mlik;
▫️Mo‘ynoq tumani hokimligining 40 mln so‘mlik davlat xaridlaridagi baholash jarayonida qonunbuzilishi holatlari aniqlandi.

Mazkur holatlar yuzasidan agentlikning taqdimnomalari bilan xarid komissiyasining g‘olibni aniqlash haqidagi bayonnomalari bekor qilingan.

O‘rganish va tahlillar jarayonida to‘plangan hujjatlar esa qonuniy chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.

Mavzuga oid