O‘zbekiston | 19:24 / 20.05.2025
1674
1 daqiqa o‘qiladi

Nukus davlat texnika universitetiga yangi rektor tayinlandi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri lavozimida faoliyat yuritib kelgan Batirbek Qaypbergenov Nukus davlat texnika universiteti rektori etib tayinlandi.

Foto: Batirbek Qaypbergenov

Batirbek Qaypbergenov — Nukus davlat texnika universiteti rektori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Joqarg‘i Kenesi xabar berdi.

Tayinlovga qadar u Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi. Undan oldin Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali direktori lavozimida faoliyat yuritgan.

Batirbek Qaypbergenov 1970 yilda Nukusda tug‘ilgan. 1992 yilda Toshkent davlat texnika universitetini, 1998 yilda prezident huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan. Texnika fanlari doktori.

Mavzuga oid