Jamiyat | 18:45 / 22.05.2025
1714
2 daqiqa o‘qiladi

Qamchiq dovonida Cobalt xandaqqa tushib ketdi

Toshkent—Vodiy yo‘nalishida harakatlangan Cobalt xandaqqa tushib ketdi. Haydovchi va transport vositasi ichida bo‘lgan 3 nafar yo‘lovchiga tan jarohati yetmagan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari tomonidan Qamchiq dovonida xandaqqa tushib ketgan avtomashina olib chiqildi.

Qayd etilishicha, 21 may soat 08:05 da A-373 Toshkent—O‘sh avtomobil yo‘lining Qamchiq dovonidan o‘tgan qismida, Toshkent—Vodiy yo‘nalishida harakatlangan Cobalt rusumli avtomobil haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lning xandaq qismiga tushib ketgan.

Sodir bo‘lgan holat bo‘yicha Qamchiq maxsus-qidiruv yong‘in-qutqaruv boshqarmasiga xabar kelib tushgan.

Xabarga asosan, qutqaruv otryadi aytilgan manzilga yetib borib, maxsus texnika va asbob-anjomlar yordamida avtomobil xandaqdan olib chiqilgan.

Avtomobilda haydovchi va 3 nafar yo‘lovchi bo‘lgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, may oyi boshlarida Shacman rusumli yuk avtomashinasi haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida xandaqqa (kyuvet) tushib ketgandi.

Mavzuga oid