O‘zbekiston | 07:39
11143
1 daqiqa o‘qiladi

Tyanjin–Toshkent yo‘nalishidagi birinchi poyezd jo‘nab ketdi

Tyanjin–Toshkent yo‘nalishidagi birinchi poyezd jo‘nab ketdi, deb xabar bermoqda “O‘zbekiston temiryo‘llari”.

Foto: O‘zbekiston temiryo‘llari

Xitoyning eng yirik va zamonaviy portlaridan biri — Tyanjin porti endi Markaziy Osiyoga temiryo‘l orqali bog‘landi. Port 180 ta mamlakatdagi 400 dan ortiq port bilan savdo aloqalariga ega.

Yangi temiryo‘l yo‘lagi:

  • masofani 800 kmga qisqartiradi;
  • yuk yetkazish muddatini kamaytiradi;
  • transport xarajatlarini pasaytiradi.

Bu yangi yo‘nalish eksport-import imkoniyatlarini kengaytirib, xalqaro kompaniyalar uchun yanada jozibador bo‘ladi.

Mavzuga oid