Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda Nissan avtomobili yonib ketdi
Yong‘in haydovchi va boshqa fuqarolar tomonidan birlamchi o‘t o‘chirish vositasi hamda suv yordamida o‘chirilgan.

Foto: Videodan kadr
Joriy yilning 23 may kuni soat 19:57 da Toshkent shahar, Uchtepa tumani Beshqayrag‘och ko‘chasida Nissan rusumli avtomobilda yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Toshkent shahar FVB xabariga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga 20:00 da yetib borganida, haydovchi va boshqa fuqarolar tomonidan birlamchi o‘t o‘chirish vositasi hamda suv yordamida yong‘in o‘chirilganligi ma’lum bo‘lgan.
Yong‘in natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.
Mavzuga oid

09:26
Chilonzorda avtomobil yonib ketishi oqibatida 4 kishi kuyish jarohati oldi

19:57 / 20.07.2025
Indoneziyada bortida 280 kishi bo‘lgan parom yonib ketdi (video)

15:32 / 20.07.2025
Toshkentda 64-sonli avtobus yonib ketdi

12:30 / 19.07.2025