WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
WSJ manbalariga ko‘ra, Donald Tramp Putinning Ukrainadagi harakatlari va tinchlik muzokaralarining juda sekin sur’atidan hafsalasi pir bo‘lgan. U Rossiya prezidentiga munosabatini qayta baholamoqda, deb hisoblaydi nashr.

Foto: REUTERS/Maxim Shemetov/Illustration
AQSh prezidenti Donald Tramp Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muvaffaqiyatsiz urinishlardan so‘ng shu haftada Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda 26 may, dushanba kuni Amerikaning The Wall Street Journal (WSJ) gazetasi Trampga yaqin manbalariga tayanib xabar berdi. Ularning so‘zlariga ko‘ra, Oq uy rahbari Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonidan Ukrainaga qarshi davom etayotgan hujumlar, shuningdek, muzokaralar jarayonining sustligidan tobora ko‘proq norozi bo‘lmoqda.
Nashr manbalaridan biri ta’kidlaganidek, yangi cheklovlar Rossiya bank sektoriga qarshi choralarni o‘z ichiga olmaydi. Shu bilan birga, Putinni muzokaralar stolida yon berishga majburlash uchun unga bosim o‘tkazishning boshqa variantlari, jumladan, Ukraina rasmiylari tomonidan qo‘llab-quvvatlangan 30 kunlik o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lish ham muhokama qilinmoqda.
Biroq bu borada yakuniy qaror hali qabul qilinmagan va Tramp yangi sanksiyalar joriy etishdan bosh tortishi mumkin, deb yozadi nashr.
Mavzuga oid

21:17
Britaniya yadroviy qurollarni tashishga qodir qiruvchi samolyotlarni xarid qiladi

19:01
Rossiyada terrorchilar uchun o‘lim jazosini joriy etish taklif qilindi

18:51
AQShda yuk mashinasi ag‘darilishi oqibatida 250 mln asalari uchib ketdi

17:37