«Jasorat maktablari»ga o‘quvchilarni qabul qilish tartibi tasdiqlandi
«Jasorat sinflari»da o‘qish muddati yetti yildan iborat bo‘ladi.

Foto: Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Mudofaa vazirligining 2025 yil 23 maydagi tegishli qo‘shma qarori bilan «Umumiy o‘rta ta’lim muassasalaridagi «Jasorat maktablari»ga o‘quvchilarni qabul qilish va o‘quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil etish tartibi to‘g‘risida»gi nizom tasdiqlandi.
Unga ko‘ra, «Jasorat sinflari»da:
➖ o‘qish muddati yetti yildan (5 — 11-sinflar) iborat bo‘ladi;
➖ har yili 4-sinfni bitirgan 26 nafar o‘quvchi 5-sinf uchun tanlov asosida qabul qilinadi.
«Jasorat maktablari»ga kirish imtihonlari quyidagi tartibda o‘tadi:
➖ o‘qishga kirish uchun nomzod o‘quvchilarning hujjatlari ariza.piima.uz platformasida onlayn shaklda qabul qilinadi;
➖ o‘qishga kirish uchun kirish imtihonlari ikki (test hamda jismoniy) bosqichda amalga oshiriladi;
➖ test sinovlari o‘tkaziladigan fanlar bo‘yicha topshiriqlar spetsifikatsiyasi va baholash mezonlari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan har yili imtihon boshlanishidan bir oy oldin e’lon qilinadi;
➖ test sinovlari ona tili va matematika fanlaridan tashkil etiladi;
➖ kirish imtihonlarining yakuniy natijalari har yili avgust oyida vazirlik va Jasorat maktablarining rasmiy veb-saytlarida e’lon qilinadi.
«Jasorat sinflari»da ta’lim jarayonlari quyidagicha olib boriladi:
➖ ta’lim jarayonlari 5-11- sinflarda kunduzgi ta’lim shaklida, umumiy o‘rta ta’lim muassasalari uchun belgilangan davlat ta’lim standartlariga muvofiq amalga oshiriladi;
➖ matematika, ChQBT, tarix, jismoniy tarbiya, chet tili, fizika fanlari chuqurlashtirilgan holda o‘qitiladi;
➖ o‘quv yili davomida ikki marta harbiy poligonlarda, har chorakda bir marta harbiy qismlarda amaliy mashg‘ulotlar olib boriladi;
➖ 9-sinfni yakunlagan o‘quvchilarga tayanch o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnoma, 11-sinfni tamomlagan o‘quvchilarga umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida shahodatnoma beriladi.
«Jasorat maktablari»ni bitirgan o‘quvchilarga imtiyozlar:
➖ a’lo baholar bilan tamomlagan hamda «Vatan tayanchi» otryadining a’zosi bo‘lgan bir nafar o‘quvchiga Mudofaa vazirligi tomonidan oliy harbiy va harbiylashtirilgan hamda yuridik ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun imtiyozli tavsiyanoma beriladi.
Ma’lumot uchun: O‘zbekiston prezidentining 2024 yil 15 noyabrdagi tegishli qarori bilan «Jasorat maktablari» ro‘yxati tasdiqlangan.
Mavzuga oid

19:54 / 23.05.2025
«Harbiylarning aloqasi yo‘q». Mudofaa vazirligi Xorazmda metallolomga topshirilgan snaryad bo‘yicha ma’lumot berdi

20:13 / 06.05.2025
AQSh armiyasida generallar ommaviy ravishda ishdan bo‘shatiladi

09:10 / 19.02.2025
Foto: Mudofaa vazirligining xalqaro ko‘rgazmadagi harbiy texnikalari

16:55 / 22.01.2025