Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy O‘zbekistonda ta’lim muassasalarini tashkil etishi mumkin
2025 yil 3 iyun kuni Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Ilzat Qosimov Xitoyning Lushang Group kompaniyasi delegatsiyasi bilan uchrashdi.

Foto: Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
Suhbat davomida tomonlar Lushang Group ishtirokida O‘zbekistonda amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan yirik loyihalar, jumladan, zamonaviy logistika markazlarini barpo etish, farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish va ta’lim muassasalarini tashkil etish tashabbuslarini muhokama qildi.
Lushang Group — 1992 yilda Xitoyning Shandun provinsiyasida tashkil etilgan yirik davlat korporatsiyasi bo‘lib, savdo, tibbiyot, moliya, logistika, ta’lim va investitsiyalar sohalarida faoliyat yuritadi. Kompaniyaning jami aktivlari 185 million AQSh dollariga teng.
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro muloqotni kengaytirish muhimligini ta’kidladi va muhokama qilingan loyihalar doirasida amaliy hamkorlikning keyingi bosqichlarini belgilab oldi.
Mavzuga oid

23:24 / 02.08.2025
Xitoyda erkak suv ostida 5 kun yashab, tirik qoldi

22:14 / 02.08.2025
Xitoyda chikungunya epidemiyasiga qarshi kurashish uchun ulkan kannibal-chivinlar yuborildi

23:25 / 01.08.2025
Xitoyda odamsimon robot ilk bor universitetga qabul qilindi

08:10 / 01.08.2025