Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Yaponiya vizani liberallashtirish masalasini o‘rganmoqda
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Olim Abdullayev Tokioda Yaponiya tashqi ishlar vazirining parlamentar o‘rinbosari bilan uchrashdi.

Foto: Dunyo
Tokio shahrida amaliy tashrif bilan bo‘lgan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Olim Abdullayev 28 may kuni Yaponiya tashqi ishlar vazirining parlamentar o‘rinbosari Xisashi Matsumoto bilan uchrashuv o‘tkazdi.
TIV ma’lumotiga ko‘ra, uchrashuvda vizani liberallashtirish, gumanitar va biznes almashinuvi, xavfsizlik bo‘yicha tavsiyalarni qayta ko‘rib chiqish, shuningdek, mehnat migratsiyasi va turizm sohalarida hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Xisashi Matsumoto O‘zbekiston-Yaponiya munosabatlari rivojlanishining ijobiy dinamikasini qayd etib, Yaponiya Markaziy Osiyodagi asosiy hamkor sifatida O‘zbekiston bilan hamkorlikni mustahkamlash tarafdori ekanini alohida ta’kidladi va uning yanada chuqurlashishiga umid bildirdi.
Tomonlar o‘zaro hamkorlikning barcha sohalarida tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida yaqin aloqalarni davom ettirishga tayyor ekanliklarini tasdiqladi.
Mavzuga oid

22:38 / 26.07.2025
Yaponiya ayollarning umr ko‘rish davomiyligi bo‘yicha navbatdagi rekordni o‘rnatdi

19:00 / 26.07.2025
Amerika vizasini olish nafaqat qiyin, endi qimmat ham

09:20 / 25.07.2025
Tramp Yaponiya bilan yirik savdo bitimini e’lon qildi

12:04 / 23.07.2025