Fan-texnika | 14:24 / 09.06.2025
1891
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston florasida fan uchun yangi o‘simlik turi kashf etildi

O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Xitoy botanik olimlarning hamkorlikdagi izlanishlari natijasida, boshoqdoshlar (Poaceae) oilasiga mansub sulibosh (Elymus) turkumidan fan uchun mutlaqo yangi bo‘lgan o‘simlik turi kashf etildi.

Foto: Fanlar akademiyasi

Mazkur kashfiyot zamonaviy ilm-fan yutuqlari, ya’ni xloroplast va yadroviy DNK ketma-ketligi tahlillari hamda an’anaviy morfologik tadqiqot metodlari asosida amalga oshirildi. Elymus turkumining tavsifi, identifikatsiya kaliti (dixotomik aniqlagich), yuqori sifatli tasvirlari, geografik tarqalishi va ekologik xususiyatlari keng yoritilgan holda xalqaro ilmiy hamjamiyat e’tiboriga taqdim etildi.

Yangi tur o‘z nomi bilan – Elymus uzbekistanicus deb nomlangan bo‘lib, nafaqat O‘zbekiston florasiga, balki butun O‘rta Osiyo botanika faniga katta hissa bo‘lib qo‘shiladi. Bu so‘nggi 57 yil ichida Poaceae oilasidan O‘zbekistonda aniqlangan ilk yangi tur bo‘lib, biologik xilma-xillikning hali to‘liq o‘rganilmagan boyligini yana bir bor tasdiqlaydi.

Ushbu muhim ilmiy natija O‘zbekiston Milliy gerbariysi fondiga asoslanib aniqlangani bilan alohida e’tiborga loyiq. Bu noyob gerbariy fondi nafaqat ilmiy-tadqiqotlar uchun mustahkam asos bo‘lib xizmat qilmoqda.

Mazkur ilmiy maqola dunyoning nufuzli botanik jurnallaridan biri bo‘lgan PhytoKeys sahifalarida chop etildi.

Mavzuga oid