O‘zbekiston | 00:00
3157
2 daqiqa o‘qiladi

Navoiy uchun Xitoydan 42 ta zamonaviy avtobus olib kelindi

Mazkur avtobuslar Karmana tumani markazi va Navoiy shahri barcha ko‘chalarini qamrab oluvchi yo‘nalishlarda harakatlanadi.

Foto: Transport vazirligi

Navoiy shahri aholisiga sifatli jamoat transporti xizmatini ko‘rsatish uchun Xitoydan zamonaviy avtobuslar olib kelindi, deb xabar beradi Transport vazirligi.

Qayd etilishicha, ushbu avtobuslar «Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident qarorida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida olib kelingan. 

Birinchi bosqichda joriy yilning aprel oyida Xitoydan olib kelingan 18 ta zamonaviy avtobuslarning «Navoiy» avtovokzali – viloyat Avtoyo‘l boshqarmasi» va Tinchlik qo‘rg‘oni – «Malika» avtostansiyasi yo‘nalishida brutto-shartnoma asosida qatnovi yo‘lga qo‘yilgan.

Ikkinchi bosqich doirasida esa kuni kecha viloyatga 42 ta Yutong avtobuslari olib kelingan. 

Mazkur avtobuslar Karmana tumani markazi va Navoiy shahri barcha ko‘chalarini qamrab oluvchi yo‘nalishlarda harakatlanishi tashkil etiladi.

Avvalroq Buxoro viloyati uchun Xitoydan zamonaviy Zhongtong avtobuslari xarid qilingani to‘g‘risida xabar berilgandi

Mavzuga oid