Toshkent viloyatida elektrdan noqonuniy foydalangan mayning ferma fosh etildi
«O‘zenergoinspeksiya» Toshkent viloyat hududiy boshqarmasi Davlat xavfsizlik xizmati bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazdi.

Foto: O‘zenergoinspeksiya
Unda, Quyi Chirchiq tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro Z. D. ga qarashli xonadonda mayning qurilmalarni o‘zboshimchalik bilan elektr tarmog‘iga ulab, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotgani aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, elektr ta’minoti korxonasiga 449,2 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.
Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

16:12 / 12.06.2025
Energetika sohasida davlatga yetkazilgan zarar 471 mlrd so‘mdan oshdi

10:40 / 07.06.2025
Xorazm va Jizzaxda sifatsiz benzinni sotuvga chiqargan zapravkalar aniqlandi

09:37 / 07.06.2025
Sifatsiz benzinni sotuvga chiqargan AYoQShga 75 mln so‘m jarima qo‘llandi

08:40 / 07.06.2025