YeI Rossiyaning Eron va Isroil o‘rtasidagi vositachiligiga qarshi
Moskvaning Tehron bilan yaqin hamkorligi uning Eronning Isroil bilan urushida xolis vositachi bo‘lishiga to‘sqinlik qilmoqda, deya hisoblaydi Yevropa Ittifoqi. Bundan tashqari, Ukrainadagi urush tufayli Rossiyada «nolga teng ishonch krediti» bor, dedi Yevrokomissiya vakili.

Foto: Evgenia Novozhenina/Pool/File Photo/REUTERS
Yevropa Ittifoqi Rossiyaning Isroil va Eron o‘rtasidagi keskinlashib borayotgan mojaroda vositachilik qilayotganiga qarshi chiqdi. 16 iyun, dushanba kuni AFP Yevropa komissiyasi vakili Anvar al-Anuniyga tayanib xabar berishicha, Moskva Tehron bilan munosabatlari tufayli «obektiv vositachi» sifatida harakat qila olmaydi. Uning eslatishicha, yanvar oyida Rossiya va Eron boshqa narsalar qatori ikki davlat o‘rtasidagi harbiy hamkorlikni mustahkamlashni nazarda tutuvchi sheriklik shartnomasini imzolagan.
Bundan tashqari, Yevrokomissiya vakilining so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Ukrainaga qarshi tajovuzkor urush olib borayotgani munosabati bilan «nolga teng ishonchga ega» va u bu urush davomida «xalqaro huquq va BMT nizomini doimiy ravishda buzadi».
Kuni kecha AQSh prezidenti Donald Tramp Eron-Isroil mojarosini hal qilishda Rossiya prezidenti Vladimir Putinning ehtimoliy vositachiligiga «ochiq» ekanini aytdi. «U tayyor. U menga bu haqda qo‘ng‘iroq qildi. Biz bu haqda uzoq gaplashdik», dedi Oq uy rahbari ABC News telekanaliga.
13 iyunga o‘tar kechasi Isroil Erondagi nishonlarga, jumladan Tehrondagi obektlar va yadro markazlariga kuchli zarbalar bera boshladi. Bu zarbalar keyingi kunlarda ham davom etdi. Oqibatda Islom inqilobi muhofizlari korpusi qo‘mondoni Husayn Salamiy, Eron Qurolli kuchlari bosh shtabi boshlig‘i Muhammad Bag‘iriy va boshqa bir qator yuqori martabali generallar, shuningdek, yadroshunos olimlar halok bo‘ldi. Eron matbuotiga ko‘ra, Isroil hujumlarida 220 dan ortiq odam hayotdan ko‘z yumgan.
Mavzuga oid

01:54
Eron Yaqin Sharqdagi AQSh harbiy bazalariga zarba berish uchun raketalarni tayyorladi – OAV

23:48 / 17.06.2025
AQSh Eronning yadro inshootlariga zarba berishi mumkin – OAV

23:30 / 17.06.2025
«O‘ldirmaslik buyurilgan». AQSh Isroilga nimanidir taqiqlay oladimi?

23:17 / 17.06.2025