Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi vakolatxonasi ochildi
Toshkentdagi "Yashil" universitetda Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy ofisi ochildi.

Foto: Kazinform
"Kazinform" xalqaro axborot agentligi ma’lumotiga ko‘ra, Ittifoqning Toshkentdagi vakolatxonasi mintaqadagi beshta davlatga xos ekologik muammolarni har tomonlama o‘rganish bilan shug‘ullanadi. Ofis o‘z faoliyati doirasida ushbu davlatlar hukumatlariga ekologik oqibatlarning oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqadi, shuningdek, tegishli tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlaydi.
– Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqining mintaqaviy vakolatxonasi nafaqat O‘zbekistonda, balki Markaziy Osiyoning barcha beshta davlatida ekologik loyihalarni amalga oshirishga ko‘maklashadi. Bundan tashqari, u olimlar va tadqiqotchilar o‘rtasida tajriba almashish maydonchasiga aylanadi, – dedi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov.
Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi mintaqada qator loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Xususan, Blue Peace Central Asia 2.0 dasturi doirasida tashkilot suv diplomatiyasini rivojlantirishga ko‘maklashish va transchegaraviy suv havzalarining ekologik holatini yaxshilash niyatida.
Mavzuga oid

17:01
Chimyonda yuk mashinalari qurilish chiqindilarini soyga to‘kib ketayotgani ma’lum bo‘ldi

14:00
Sea Breeze Uzbekistan qo‘shma korxonasi O‘zbekistonda rasman ro‘yxatdan o‘tdi

09:13
“Hamma biladi, lekin hech kim indamaydi” - Buloqboshida kanalni ko‘pikka to‘ldirgan kim?

21:55 / 04.08.2025