O‘zbekiston | 09:55
1134
1 daqiqa o‘qiladi

8,6 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan MChJ fosh etildi

Xorazm viloyatida 8,6 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan MChJ aniqlandi.

Foto: O‘zenergoinspeksiya

"O‘zenergoinspeksiya" Xorazm viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan IIB ishtirokida nazorat tadbiri o‘tkazildi.

Unda, Urganch tumani «Oq ariqlar» MFYda joylashgan «I.T.B.Q.» MChJ sug‘orish maqsadida foydalanayotgan suv nasoslari uchun elektr ta’minoti bilan shartnoma rasmiylashtirmasdan elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotgani aniqlangan.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, elektr ta’minoti korxonasiga 8 milliard 672 million so‘mlik zarar yetkazilgani ma’lum bo‘ldi.

Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid