Jamiyat | 12:21
1085
1 daqiqa o‘qiladi

Xorijda qarovsiz qolgan o‘zbekistonlik bolalar aniqlandi

O‘zbekistonlik voyaga yetmagan aka-uka xorijda qarovsiz qoldirilgani aniqlandi.

Foto: Videodan kadr

O‘z ota-onasi tomonidan chet elda qarovsiz qoldirilgan aka-ukalar aniqlanib, O‘zbekistonga qaytarildi. Vatanga qaytgan bolalar Buxoro tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan nazoratga olindi.

Markazning huquqiy masalalar bo‘yicha ekspert-maslahatchisi tomonidan onalik huquqidan mahrum qilish va aliment undirish yuzasidan fuqarolik sudiga da’vo arizasi kiritildi.

Bolalar Peshku tumanidagi Oilaviy bolalar uyiga joylashtirildi. Ularning ta’lim olish huquqini ta’minlash va ijtimoiy moslashuvini kuchaytirish maqsadida qo‘shimcha fan to‘garaklariga jalb qilindi.

Mavzuga oid