AEXA rahbari Eron tashqi ishlar vaziriga uchrashishni taklif qildi
Rafael Mariano Grossi: AEXA bilan hamkorlikni tiklash «muvaffaqiyatli kelishuvga erishish kalitidir».

Rafael Grossi Foto: Reuters
Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (AEXA) rahbari Rafael Mariano Grossi Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Arag‘chiga uchrashishni taklif qilganini aytdi. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp Isroil va Eron o‘rtasida o‘t ochish to‘xtatilishini e’lon qilganidan so‘ng, AEXA bosh direktori X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.
Grossi Erondagi vaziyatga oid bayonotlarni olqishlaganini ta’kidladi va shuningdek, AEXA bilan hamkorlikni qayta tiklash «muvaffaqiyatli kelishuvga erishishning kaliti» ekanini ta’kidladi.
AEXA rahbarining aytishicha, u Abbos Aragchiga maktub yo‘llab, bu harakat Eron yadro dasturi bo‘yicha uzoq vaqtdan beri davom etayotgan bahsni diplomatik yo‘l bilan hal qilishga olib kelishi mumkinligini aytdi.
Grossining aytishicha, u Eron vaziriga tez orada uchrashuv o‘tkazishni taklif qilgan.
Mavzuga oid

22:06 / 25.06.2025
Eron Qurolli kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i o‘ldirilgani tasdiqlandi

20:59 / 25.06.2025
Isroil–Eron urushi: xulosalar

20:46 / 25.06.2025
Eron o‘z yadroviy inshootlari jiddiy shikastlanganini tan oldi

18:21 / 25.06.2025