Jahon | 14:51 / 26.06.2025
4819
1 daqiqa o‘qiladi

Kim Chen In KXDRda jahon darajasidagi sohilbo‘yi kurortini ochib berdi

Shimoliy Koreyaning Vonsan port shahrida jahon darajasidagi sohilbo‘yi kurorti ochildi.

Foto: Yonhap

Yangi majmuada yuzlab obektlar — 20 ming o‘rinli mehmonxona va qator kichikroq mehmonxonalar, akvapark, sport maydonchalari, madaniyat markazlari, savdo va ko‘ngilochar obektlar, hattoki o‘z aeroporti ham bor.

«KXDRda milliy turizm modeli» deb nom olgan kurort mavsumdan qat’iy nazar mehmonlarni 1 iyuldan boshlab qabul qila boshlaydi. Majmua bir vaqtning o‘zida 100 ming turistni qabul qila oladi. Bu yerda suzish mavsumi iyun oyining o‘rtalaridan sentabr oyining o‘rtalariga qadar davom etadi.

Qurilish KXDR rahbarining shaxsiy nazorati ostida amalga oshirilgan. Yangi kurort mamlakatda sanoatni rivojlantirish yo‘lidagi birinchi qadam bo‘lishi ko‘zda tutilgan, deya xabar beradi KMTA.

Mavzuga oid